Quality Electrical & I&C Engineer

Date:  Sep 28, 2026
Location: 

UZ

Job Description: 

We are a developer, investor, and operator of power generation and desalinated water plants, with 90 assets in operation, construction, or advanced development across 13 countries.

LAVOZIM YO‘RIQNOMASI / JOB DESCRIPTION

№ O‘zbek tili English
1 LAVOZIM TAFSILOTLARI 1. JOB DETAILS
Lavozim Sifat nazorati bo‘yicha Elektr va I&C muhandisi QA/QC Electrical and I&C Engineer
Bo‘lim Sifat Quality
Departament Sifat Quality
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunish QA/QC Menejeri QA/QC Manager
2 LAVOZIM MAQSADI 2. JOB PURPOSE
  ACWA Power loyihalarining muhandislik, ta’minot, qurilish va ishga tushirish bosqichlarida barcha elektr hamda o‘lchash asboblari va nazorati (I&C) ishlarining sifatini ta’minlash va nazorat qilish. Ushbu lavozim elektr va I&C tizimlarining xavfsiz va ishonchli yetkazib berilishini ta’minlagan holda, amaldagi kodekslar, standartlar, loyiha spetsifikatsiyalari va shartnoma talablariga muvofiqlikni ta’minlaydi. To ensure the quality assurance and control of all electrical and instrumentation & control (I&C) works during the engineering, procurement, construction, and commissioning phases of ACWA Power projects. The role ensures compliance with applicable codes, standards, project specifications, and contractual requirements, focusing on the safe and reliable delivery of electrical and I&C systems.
3 LAVOZIM MAJBURIYATLARI 3. KEY ACCOUNTABILITIES
1 Elektr va I&C tizimlariga tegishli loyihaga xos sifat rejalari, ITP, usul bayonotlari va yetkazib beruvchining sifat hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Review and approve project-specific quality plans, ITPs, method statements, and vendor quality documentation related to electrical and I&C systems.
2 Loyiha talablariga muvofiq o‘rnatmalar, materiallar va tizimlarni tekshirish, sinovdan o‘tkazish va verifikatsiya qilish. Perform inspections, tests, and verification of installations, materials, and systems as per project requirements.
3 Elektr va I&C ishlarining amaldagi kodeks va standartlarga, jumladan IEC, IEEE, NFPA, NEC va ISA talablariga muvofiqligini ta’minlash. Ensure electrical and I&C works comply with applicable codes and standards, including IEC, IEEE, NFPA, NEC, and ISA.
4 Subpudratchilarning QA/QC faoliyatini monitoring qilish hamda tegishli hujjatlashtirish va kuzatuvchanlikni ta’minlash. Monitor subcontractor QA/QC activities and ensure proper documentation and traceability.
5 Nomuvofiqliklarni (NCR) aniqlash, hujjatlashtirish va kuzatib borish hamda ularning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash. Identify, document, and follow up on non-conformances (NCRs) and ensure timely resolution.
6 Zavodni qabul qilish sinovlari (FAT), maydonni qabul qilish sinovlari (SAT), loop check va ishga tushirishdan oldingi faoliyatlarni kuzatish. Witness factory acceptance tests (FATs), site acceptance tests (SATs), loop checks, and pre-commissioning activities.
7 Sifat standartlarini ta’minlash maqsadida muhandislik, qurilish, ishga tushirish va HSE guruhlari bilan hamkorlik qilish. Collaborate with engineering, construction, commissioning, and HSE teams to maintain quality standards.
4 HISOBOT VA HUJJAT AYLANISHI 4. REPORTING AND DOCUMENT FLOW
Hisobot beradi QA/QC Menejeri yoki Sifat bo‘yicha rahbar QA/QC Manager or Quality Lead
Aloqalar Elektr va I&C muhandislik guruhlari, qurilish guruhlari, ishga tushirish guruhi, EPC pudratchisi, yetkazib beruvchilar va uchinchi tomon inspektorlari Electrical and I&C Engineering Teams, Construction Teams, Commissioning, EPC Contractor, Vendors, and Third-Party Inspectors
Qabul qiladi Chizmalar, texnik spetsifikatsiyalar, ITP, FAT/SAT protseduralari, tekshirish so‘rovlari, kalibrlash hisobotlari Drawings, Specifications, ITPs, FAT/SAT procedures, Inspection Requests, Calibration Reports
Yetkazib beradi Tekshirish hisobotlari, NCRlar, punch-listlar, sifat nazorat checklistlari, sinov natijalari hujjatlari va topshirish/aylanma paketlari Inspection reports, NCRs, punch lists, quality checklists, test result documentation, and turnover packages
5 UMUMIY ISH VAZIFALARI 5. GENERAL JOB DUTIES
Sifatni ta’minlashni rejalashtirish   Quality Assurance Planning
1 Elektr va I&C sifatni ta’minlash rejalarini ko‘rib chiqish va ishlab chiqishga hissa qo‘shish. Review and contribute to the development of Electrical and I&C Quality Assurance Plans.
2 Yetkazib beruvchilar va pudratchilarning sifat hujjatlari loyiha va shartnoma talablariga javob berishini tekshirish. Verify that quality documentation from vendors and contractors meets project and contract requirements.
3 Tekshirish checklistlarini ishlab chiqish va pudratchilarning QA/QC guruhlari loyiha talablariga muvofiqligini ta’minlash. Develop inspection checklists and ensure contractor QA/QC teams are aligned with project requirements.
Tekshirishlar va sinovlar   Inspections & Testing
1 Kommutatorlar, transformatorlar, boshqaruv panellari, kabellar, yerga ulash tizimlari, PLC, SCADA, sensorlar va dala qurilmalari kabi elektr va I&C uskunalari hamda o‘rnatmalarini tekshirish. Perform inspection of electrical and I&C equipment and installations such as switchgear, transformers, control panels, cabling, grounding, PLCs, SCADA, sensors, and field devices.
2 Boshqaruv tizimlari, himoya relelari, MCC, VFD va DCS/PLC shkaflarining FAT va SAT sinovlarini kuzatish va hujjatlashtirish. Witness and document FATs and SATs of control systems, protective relays, MCCs, VFDs, and DCS/PLC cabinets.
3 O‘lchash asboblarining vizual va funksional tekshiruvlarini, jumladan loop check, uzluksizlik sinovlari va kalibrlashni tasdiqlashni amalga oshirish. Conduct visual and functional inspections of instrumentation, including loop checks, continuity tests, and calibration validation.
4 Izolyatsiya qarshiligi sinovlari, yuqori kuchlanish (hi-pot) sinovlari va ishga tushirish tekshiruvlarini monitoring qilish. Monitor insulation resistance tests, hi-pot tests, and commissioning checks.
Nomuvofiqliklar va tuzatish choralari   Non-Conformance & Corrective Actions
1 Loyiha spetsifikatsiyalari yoki standartlaridan har qanday og‘ishlarni qayd etish va tegishli NCRlarni rasmiylashtirish. Record any deviations from project specifications or standards and raise NCRs accordingly.
2 Tuzatish va profilaktik choralarni amalga oshirish uchun pudratchilar va yetkazib beruvchilar bilan muvofiqlashtirish. Coordinate with contractors and vendors to implement corrective and preventive actions.
3 QA/QC va qurilish guruhlari bilan hamkorlikda NCRlarni kuzatib borish va yopilishini ta’minlash. Track and close out NCRs in coordination with QA/QC and construction teams.
Hujjatlar va topshirish   Documentation & Turnover
1 Barcha tekshirish yozuvlari, kalibrlash sertifikatlari, sinov hisobotlari va ijro hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi hamda yakuniy topshirish paketlariga kiritilishini ta’minlash. Ensure that all inspection records, calibration certificates, test reports, and as-built documentation are properly maintained and submitted in final turnover packages.
2 Mexanik yakunlash (Mechanical Completion) va tizimni topshirish (System Handover) hujjatlarini tayyorlashda yordam berish. Assist in the preparation of Mechanical Completion and System Handover documentation.
Muvofiqlashtirish va aloqa   Coordination & Communication
1 Sifat bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun pudratchilar, yetkazib beruvchilar va loyiha guruhlari bilan hamkorlik qilish. Interface with contractors, vendors, and project teams to resolve quality-related issues.
2 Kundalik maydon muvofiqlashtirish yig‘ilishlarida qatnashish va sifat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikr bildirish. Attend daily site coordination meetings and provide input on quality-related topics.
3 QA/QC Menejeriga KPI va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlashda yordam berish. Support the QA/QC Manager in reporting KPIs and quality performance data.
6 MALAKA OSHIRISH 6. PROFESSIONAL DEVELOPMENT
  Xodim o‘z malakasi va bilimlarini tegishli yo‘nalishlarda mustaqil ravishda oshirib borishi shart. Employees are obliged to independently improve their qualifications and knowledge in relevant areas.
7 MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI. YONG‘IN XAVFSIZLIGI (YX) 7. OCCUPATIONAL HEALTH AND SAFETY (OHS). FIRE SAFETY (FS)
1 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga hamda Kompaniyaning mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ichki hujjatlariga (siyosatlar, nizomlar, protseduralar, yo‘riqnomalar va boshqalar) rioya qilish. Comply with the requirements of HSE legislation and the Company’s internal policies, regulations, procedures, instructions, and other local acts on HSE and fire safety.
2 Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni aniqlash hamda ularni maqbul xavf darajasigacha kamaytirish yoki bartaraf etish. Identify HSE and fire safety hazards and reduce or eliminate them to an acceptable risk level.
3 HSE va yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq xavfli faoliyat va sharoitlar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va zudlik bilan bartaraf etish. Report, investigate, and promptly correct hazardous HSE and fire safety-related activities and conditions.
4 HSE boshqaruv tizimini doimiy takomillashtirishga qaratilgan maqsad va vazifalarni qo‘llab-quvvatlash. Maintain HSE goals and objectives for continuous improvement of the HSE Management System.
5 HSE boshqaruv tizimining samaradorligini baholash. Evaluate the effectiveness of the HSE Management System.
6 HSE boshqaruv tizimini doimiy takomillashtirishga qaratilgan maqsad va vazifalarni belgilashni boshqarish. Manage the setting of HSE goals and objectives aimed at continuous improvement of the HSE Management System.
8 HUQUQLAR 8. RIGHTS
1 O‘z faoliyati masalalari bo‘yicha zarur materiallar va hujjatlarni so‘rash va olish. To request and receive necessary materials and documents related to the issues of his/her activity.
2 Korxonaning boshqa xizmatlari bilan ishlab chiqarish va funksional vazifalariga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish. Interact with other services of the Company on production and other matters within his/her functional duties.
3 Ushbu lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan vazifalar bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni rahbarga ko‘rib chiqish uchun kiritish. Submit proposals to the manager for consideration regarding improvement of work related to the duties specified in this job description.
4 Bajarilgan ish bilan bog‘liq aniqlangan barcha qoidabuzarliklar va kamchiliklar haqida menejerga hisobot berish. Report to the manager all identified violations and deficiencies related to the work performed.
5 O‘z lavozimi bo‘yicha huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjatlar bilan tanishish. Familiarize himself/herself with documents defining the rights and responsibilities of his/her position.
6 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, topshiriqlar va vazifalarni bajarishdan, rad etish sabablarini Departament rahbariga yozma ravishda asoslagan holda, bosh tortish. Refuse to comply with orders, instructions, assignments, or tasks contradicting the legislation of the Republic of Uzbekistan, provided that the reasons for refusal are justified in writing to the Head of the Department.
7 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, Kompaniya qoidalari va siyosatlarida, mehnat va jamoa shartnomalarida hamda ish beruvchining hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Exercise other rights stipulated by the legislation of the Republic of Uzbekistan, Company Rules and Policies, labor and collective agreements, and employer’s documents.
9 MAS’ULIYAT 9. ACCOUNTABILITIES
1 Ushbu lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan xizmat vazifalarini lozim darajada va o‘z vaqtida bajarmaganlik yoki umuman bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan doirada javobgar. Responsible for improper, untimely, or non-performance of job duties stipulated by this job description, within the limits defined by the labor legislation of the Republic of Uzbekistan.
2 O‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi ma’muriy, jinoiy va fuqarolik qonunchiligida belgilangan doirada javobgar. Responsible for offenses committed in the course of his/her activities, within the limits defined by the applicable administrative, criminal, and civil legislation of the Republic of Uzbekistan.
3 Moddiy zarar yetkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat va fuqarolik qonunchiligida belgilangan doirada javobgar. Responsible for causing material damage, within the limits defined by the applicable labor and civil legislation of the Republic of Uzbekistan.
4 Tijorat sirlari va maxfiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha amaldagi buyruq va ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik uchun javobgar. Responsible for non-compliance with applicable orders and instructions concerning the protection of commercial secrets and confidential information.
5 Ichki tartib-qoidalar, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik uchun javobgar. Responsible for failure to comply with internal regulations, occupational safety, and fire safety rules.
6 Nostandart mehnat sharoitlari va mahsulot sifatidagi nomuvofiqliklar to‘g‘risida menejerga xabar bermaganlik uchun javobgar. Responsible for failure to inform the manager about non-standard working conditions and quality non-conformities.
7 Boshqa ishga o‘tganda yoki ishdan bo‘shatilganda ishlarni ushbu lavozimni egallayotgan shaxsga, u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa uni almashtirayotgan shaxsga yoki bevosita rahbariga to‘g‘ri va o‘z vaqtida topshirish uchun javobgar. In case of transfer or dismissal, responsible for the proper and timely handover of work to the person assuming the position, or, in their absence, to the replacement or direct supervisor.
8 Xodimlarning ish faoliyatini baholash tizimiga muvofiq yil uchun individual vazifa rejalarini amalga oshirish uchun javobgar. Ushbu rejada ko‘rsatilgan maqsad va vazifalar majburiy hisoblanadi. Responsible for fulfilling individual annual task plans in accordance with the employee performance appraisal system. The goals and tasks specified in the plan are mandatory.
9 Individual reja va topshiriqlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, xodim intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. In case of non-fulfillment or improper fulfillment of individual plans and tasks, the employee may be subject to disciplinary action.
10 O‘z mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarish, mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonuniy buyruqlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish, texnologik intizomga, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish hamda ish beruvchining mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish uchun javobgar. Responsible for conscientious performance of labor duties, observance of labor discipline, timely and accurate execution of the employer’s lawful orders, compliance with technological discipline, occupational health and safety and industrial sanitation requirements, and careful treatment of the employer’s property.
10 KERAKLI MALAKALAR VA ISH TAJRIBASI 10. REQUIRED WORK EXPERIENCE AND EDUCATION
Minimal malaka talablari • Elektrotexnika, elektronika yoki asbobsozlik va boshqaruv muhandisligi bo‘yicha bakalavr darajasi.
• QA/QC sertifikati yoki ISO 9001 Lead Auditor sertifikati — afzallik.
Minimum Qualifications:
• Bachelor’s degree in Electrical, Electronics, or Instrumentation & Control Engineering.
• QA/QC certification or ISO 9001 Lead Auditor certification is an advantage.
Minimal tajriba • Energetika, neft va gaz yoki infratuzilma sohalarida QA/QC lavozimlarida 5+ yillik tajriba.
• EPC yoki kommunal miqyosdagi energetika loyihalarida elektr va I&C QA/QC bo‘yicha tajriba.
Minimum Experience:
• 5+ years of experience in QA/QC roles in the power, oil & gas, or infrastructure sectors.
• Experience in electrical and I&C QA/QC for EPC or utility-scale energy projects.
11 KERAKLI KO‘NIKMALAR VA BILIMLAR 11. REQUIRED SKILLS AND KNOWLEDGE
1 Xalqaro elektr va asbobsozlik standartlari (IEC, ISA, IEEE, NEC, NFPA) bo‘yicha chuqur bilim. Strong understanding of international electrical and instrumentation standards (IEC, ISA, IEEE, NEC, NFPA).
2 Sifatni tekshirish vositalari, loop checking va sinov uskunalari, jumladan megger, multimetr va kalibratorlar bilan ishlash tajribasi. Experience with quality inspection tools, loop checking, and test equipment such as megger, multimeter, and calibrator.
3 Elektr bir chiziqli diagrammalari (SLD), simlar diagrammalari va P&IDlarni o‘qish va sharhlash qobiliyati. Ability to read and interpret electrical single-line diagrams (SLDs), wiring diagrams, and P&IDs.
4 SCADA, DCS, PLC va himoya relelari tizimlari bilan ishlash bo‘yicha bilim. Familiarity with SCADA, DCS, PLC, and protective relay systems.
5 Kuchli hisobot berish va hujjatlashtirish ko‘nikmalari. Strong reporting and documentation skills.
6 Ingliz tilida ravon gaplasha olish; rus yoki o‘zbek tillarini bilish — afzallik. Fluent in English; Russian or Uzbek is a plus.
7 MS Office va QA/QC tizimlaridan foydalanish bo‘yicha malaka. Proficient in MS Office and QA/QC systems.
12 TALAB ETILADIGAN KOMPETENSIYALAR (Daraja: ___) 12. REQUIRED COMPETENCIES (Level: ___)
1 Vizyon va maqsadni rivojlantiradi Drives Vision and Purpose
2 Hamkorlik qiladi Collaborates
3 Samarali jamoalarni tuzadi Builds Effective Teams
4 Iste’dodlarni rivojlantiradi Develops Talent
5 Natijalarga erishishni ta’minlaydi Drives Results
6 Hisobdorlikni ta’minlaydi Ensures Accountability
13 YAKUNIY QOIDALAR 13. FINAL PROVISIONS
  Ushbu lavozim yo‘riqnomasi o‘zbek va ingliz tillarida ikki nusxada tuzilgan. Kelishmovchiliklar aniqlangan taqdirda, o‘zbek tilidagi versiya ustunlik qiladi. Har bir tomon bir nusxadan saqlaydi: bir nusxa Ish beruvchida, bir nusxa Xodimda. This job description is drawn up in two copies in Uzbek and English languages. In case of disagreement, the Uzbek version shall prevail. Each party shall keep one copy: one copy shall be retained by the Employer and one copy by the Employee.
14 XODIM 14. EMPLOYEE
  Men ushbu lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishdim va unda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarman. I confirm that I have read and understood this job description and am responsible for failure to perform or improper performance of the duties specified herein.
  Imzo: __________________________ Signature: __________________________
  F.I.Sh.: ________________________ Full Name: _________________________
  Sana: __________________________ Date: ______________________________

 

Committed to creating a culture that is as diverse AND vibrant as the markets we serve